YANGI TAHRIRDAGI MEHNAT KODEKSIDAN XABARDORMISIZ?

Yillik asosiy mehnat ta’tilining eng kam miqdori 21 kalendar kunini tashkil etadi. Bu tartib yangi tartibdagi joriy yilning 30 aprel kunidan kuchga kirgan Mehnat kodeksida belgilangan. Amaldagi tartibga ko‘ra esa bu 15 ish kunidan kam bo‘lmasligi lozim. Shuningdek, Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi.

Bugun shahar hokimligida idora va tashkilotlar rahbarlari hamda kadrlar bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida bo‘lib o‘tgan seminar ushbu yangi tahrirdagi mehnat kodeksi va uning mazmun-mohiyati yuzasidan o‘tkazildi.

Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, hokim o‘rinbosari Muhammadali Toshpulatov, shahar Adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Zafar Abduraximov hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yurist konsultlari ishtirok etdi.

Seminar davomida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida belgilangan tartib-qoidalar hamda ularning idora va tashilotlarda ish yuritish, ishchi va xodimlarning haq-huquqlarini himoya qilishdagi va mehnat qonunchligini yanada takomillashtirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.

Mazkur seminar davomida shuningdek, ishtirokchilar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Jumladan, yangi mehnat kodeksi bo‘yicha xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, mehnat shartnomasi tuzish va bekor qilish, sinov muddatlari borasidagi savollarga mutaxassislar atroflicha tushuntirish berdilar.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM