1 apreldan pensiya va nafaqalar, 1 maydan mehnatga haq toʻlash miqdori oshiriladi

Prezident farmoni bilan pensiya va nafaqalar, ish haqi oshiriladi.

Prezident farmoni bilan 1 apreldan pensiya va nafaqalar miqdori 7%ga, 1 maydan mehnatga haq toʻlash miqdorlari 7%ga oshirilmoqda.

Bunda,
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiyalar – 677 000 soʻm;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – 747 000 soʻm qilib belgilanadi.

1 maydan mehnatga haq toʻlash miqdori 7%ga oshiriladi.

Bunda, 
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 980 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 soʻm qilib belgilanadi.

Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Kattaqoʻrgʻon shaxar boʻlimi

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM