Munosabat 

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo'rg'on shahar hokimligi tomonidan oʻtkazilgan davlat xaridi bekor qilinganligi boʻyicha tarqalgan maʼlumot yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Xarid jarayonidagi qonun buzilishini bartaraf etish maqsadida shahar hokimligi buyurtmachiligida maxsus axborot portali orqali 227668 -sonli lot boʻyicha oʻtkazilgan xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilingan. Ushbu holat bo'yicha xarid komissiyasining raisiga nisbatan maʼmuriy va bir nafar komissiya aʼzosiga nisbatan intizomiy javobgarlik  choralari qoʻllanilgan.
Shuningdek, kelgusida bu boradagi qonun talablariga rioya qilinishi, davlat xaridlariga ishtirok etayotgan barcha xaridorlarga teng sharoitlar yaratish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha mutasaddilarga tushuntirish ishlari olib borildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM