Xalqimizning ming yilliklarga borib taqaluvchi qadimiy qadriyatlaridan biri bu hashardir. Ushbu ezgu anʼanani davom ettirgan holda ertaga, 25 fevral kuni shahrimizda ham hashar oʻtkaziladi. Hashar davomida shahrimiz mahallalari, koʻchalar, qabristonlarda tozalash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Barcha hamshaharlarimizni ushbu xayrli ishda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.