Aholi muammolarini uyma-uy yurish orqali aniqlash borasidagi ishlar tahlil qilindi  

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga ko‘ra aholi muammolarini uyma-uy yurish orqali o‘rganish va ijtimoiy ob’ektlardagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan sektorlardagi Ishchi guruhi tomonidan  ishlar ketmoqda.

Kuni kecha shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida  ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish ushbu topshiriqlar ijrosi qay darajada bajarilayotganligiga bag‘ishlandi. 
Yig‘ilishda Xalq qabulxonasi, sektor rahbarlari, tegishli tashkilotlar mutasaddilarining aholi muammolarini o‘rganish hamda kuz-qish davrida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan axborotlari eshitildi.
Shahar hokimi kelgusida bu boradagi topshiriqlarni ijrosini ta’minlashda mahalla raislari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari va boshqa tegishli tashkilotlar mas’ullari oldidagi vazifalar haqida so‘z yuritdi va bu borada qat’iy topshiriqlarni berdi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM