JINOYATLARNING SABABLARI MUHOKAMA QILINDI

SamDU Kattaqo'rg'on filiali Pedagogika va tillarni o'qitish fakultetida jinoyatchilik, jinoyatchilikni keltiruvchi sabablar, ularning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirda Kattaqo'rg'on shahar IIB birinchi o'rinbosari Sherali Adashovich,  shahar hokimligi Ma'naviyat bo'lim boshlig'i Qobil Boykolonov, fakultet dekani Anvar Sobirov, Gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchilari va fakultet talablari ishtirok etdi. 
Tadbirda talabalarga  bugungi kundagi jinoyatlar, ularning kelib chiqishlari atroflicha tushuntirib berildi va yanada ogohlikka chorlandi.Talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.


Kattaqo’rg’on shashar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM