Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifamiz

Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan “Soliqchi - ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarga ko‘mak berilmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi “Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” sho‘basi mas’ul xodimlari tomonidan 2023 yilgi soliq bo‘yicha yangiliklar mazmun-mohiyati yuzasidan fuqarolar, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga doimiy ravishda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasining «2023 yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida» qonuni (30.12.2022y, O‘RQ-813-son), «2023 yil O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni (30.12.2022y, O‘RQ-812-son) hamda mazkur qonunning ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori (30.12.2022y, PQ-471-son) qabul qilindi.

Mazkur qonunchilik hujjatlari bilan Soliq kodeksining amaldagi

52 ta moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi hamda yangi 2661 va 4701 -moddalar bilan to‘ldirildi.

  Aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha:

1. Aylanmadan olinadigan soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning barcha toifalari uchun 4 foiz miqdoridagi yagona stavkani belgilagan holda birxillashtirildi.

Bunda soliq to‘lovchining joylashgan joyi, aholi soni va faoliyat turiga bog‘liq holda pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolindi.

2. 2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashni tanlashga haqli. Bunda jami daromad summasi 500 million so‘mdan oshmaganda yiliga 20 million so‘m qat’iy belgilangan miqdordagi soliqni, jami daromad summasi 500 million so‘mdan oshganda esa yiliga 30 million so‘m to‘lashni tanlash huquqi berildi.

Qat’iy belgilangan summadagi soliq teng ulushlarda har oyda, kalendar oydan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay to‘lanadi.

Mazkur soliqni to‘lashga o‘tish uchun soliq to‘lovchi soliq hisobiga qo‘yilgan joydagi soliq organiga keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi zarur.

Mazkur norma 2023 yil 1 yanvardan kuchga kirishini e’tiborga olgan holda, birinchi marta qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tayotgan soliq to‘lovchilar soliq organlariga xabarnomani 2023 yil 25 yanvardan kechiktirmay taqdim etishga haqli.

Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.

Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etish navbatdagi soliq davri boshidan amalga oshiriladi.

Soliq davri mobaynida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tishda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani 12 ga bo‘lish va olingan natijani joriy soliq davri oxirigacha qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Soliq davri mobaynida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lovchining jami daromadi 500 million so‘mdan oshgan taqdirda, qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi u oshgan oydan boshlab joriy soliq davri oxirigacha, 500 million so‘mdan ortiq jami daromadga ega soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblanadi.

Soliq davri mobaynida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda qat’iy belgilangan summadagi soliq ushbu soliqlarga o‘tilgan oxirgi kalendar oyni hisobga olgan holda to‘lanishi lozim.

Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lovchilar dividendlarga foyda solig‘i va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi hamda ushbu soliqlar bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etmaydi.

Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda to‘laydi.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida «2023 yil O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni yuzasidan 2023 yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashga utishi yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borilgan natijasida aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashga o‘tkazilmoqda.

 

Misol uchun: Yanvar oyidan "OTABEK OZODBEK HOLDING" MCHJ, "AGRO MAROQAND GOLD" MCHJ, "JAXONGIR IDEAL SAVDO INVEST" OK va "TRADE 5000" MCHJlar aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar ixtiyoriy asosda qat’iy belgilangan miqdorda soliq to‘lashga o'tdi. 

Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi va yaqin hamkor sifatida o‘z faoliyatlarini davom ettirmoqdalar. Tadbirkorlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan 66-455-30-03 (Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash sho‘basi) raqami orqali murojaat qilishlari mumkin.

Azizbek Omonov, shahar DSI “Tadbirkorlikni qo‘llab-qo‘vvatlash sho‘basi boshlig‘i.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM