EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI

Xalqimizda azaldan bir birining holidan xabar olish. ko'makga muhtojlarga yaqindan yordam berish an'anaga aylangan. Hozirgi qishning sovuq kunlarida ham shahrimiz mahallalaridagi kam ta'minlangan, ehtiyojmand oilalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida ularning holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari va issiq kiyim kechaklar berildi. 

Jumladan, shahrimizdagi "Noqis" mahallasida ham ehtiyojmand oilalarga homiylar tomonidan sovuq kunlarda oziq-ovqat mahsulotlari hamda issiq ko’rpalar tarqatildi. Fuqarolar bundan minnatdor bo’lib duolar qildilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.                                                                                                    

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM