​​​​​​​Shahar umumta’lim maktablari atrofida transport vositalarini cheklangan tezligini oshirmasligi uchun 30 tezlikdagi yo‘l belgisi o‘rnatish to‘g‘risida

 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-,20 moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risidagi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 348-sonli Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududidagi avtomobil yo‘llari mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash va tashkil etish qoidalari”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 apreldagi “Yo‘l harakati qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 172-son Qarori talablari ijrosi yuzasidan piyodalar xavfsizligini ta’minlash, transportlar tirbandligini oldini olish, maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining  6- va 25-moddalariga asosan,

(Yukllab olish PDF)

Q A R O R   Q I L A M A N:

1. Shahar umumta’lim maktablari atrofida transport vositalarini cheklangan tezligini oshirmasligi uchun 30 tezlikdagi yo‘l belgisi o‘rnatilsin.

2. Shahar Ichki Ishlar bo‘limi (Gʻ.Islomov) va IIB YHXB (I.Toshpo‘latov)larga  umumta’lim maktablari atrofida transport vositalarini cheklangan tezligini oshirmasligi uchun 30  tezlikdagi yo‘l belgisi o‘rnatilishi bilan avtomobil yo‘li bo‘ylab avtomobillar harakatining o‘zgarishi munosabati bilan piyodalar va avtomobillar harakatini tartibga solish va nazoratga olish vazifalari topshirilsin.

3. Shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari (A.Abdixamidov), “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi (T.Xamidov)larga ushbu qaror ommaviy axborot vositalariga keng yoritilsin.

4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari J.Nosirov zimmasiga yuklatilsin.

Shahar hokimi                                                                                                                                  G.Alimova

321-7-106/Q 22

22.08.2022 y

Kattaqo‘rg‘on sh

 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM