Kattaqo‘rg‘on shahrida dam olish kunlarida yarmarkalarni tashkil etishni samarali yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish Qoidalariga muvofiq, shahar hududida dam olish kunlari yarmarkalarini tashkil etish bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan,

QAROR QILAMAN: 

(Yukllab olish PDF)

1. Kattaqo‘g‘on shahridagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining yarmarkalar o‘tkazish bo‘yicha bergan taqdimnomalarini inobatga olib, shahar “Dehqon” MCHJga qarashli dehqon bozori hududlarida har shanba va yakshanba kunlari soat 07-00 dan 17-00 gacha yarmarkalar tashkil etilishi belgilansin.

2. Yarmarkalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini va ularni qayta ishlashdan olingan tovarlarni, shuningdek ilgari foydalanishda bo‘lgan nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini sotishga ruxsat berilishi;

yarmarkalar hududida savdo o‘rinlarining bepul berilishi;

yarmarkalar uchun ajratilgan savdo o‘rinlarining toza va tartibli saqlanishiga sotuvchilar mas’ul ekanligi ko‘rsatib o‘tilsin.

3. Yarmarkalarda mahsulotlarni sotish quyidagi hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshirilishi belgilab qo‘yilsin:

tovarga oid hujjatlar (tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan berilgan sotilayotgan mahsulot jismoniy shaxs tomonidan unga yoki uning oila a’zolariga ajratilgan yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi, belgilangan shakldagi hujjat (ma’lumotnoma));

sotuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.

4. Shahar “Dehqon” MCHJ ma’muriyati:

yarmarkalar tashkil etish uchun bozorning aholi uchun qulay bo‘lgan qismidan, bozorning umumiy savdo maydonining 5 foizidan kam bo‘lmagan maxsus joylar ajratilishini;

yarmarkalar uchun ajratilgan hududdan savdo o‘rinlarining bepul berilishini;

yarmarkalar o‘tkazilishini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritishni ta’minlasin va bozorning kirish joylariga e’lonlar joylashtirishni tashkil etilishini inobatga olsin.

5. Shahar Davlat soliq inspeksiyasi (F.G‘aniyev) har yakshanba kunlari yarmarkalar tashkil etish uchun joy ajratilganligini, o‘tkazilayotganligini hamda yarmarkalar hududida savdo o‘rinlarining bepul berilishini hamda yarmarkalarda tovarga oid hujjatlar mavjudligini doimiy nazorat qilsin.

6. Shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bo‘limi (Sh.Tillayev) yarmarkalarda sotilayotgan mahsulotlarning turlariga qarab joylashtirish va ular sifatining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga to‘g‘ri kelishini doimiy nazoratga olsin.

7. Shahar IIO FMB (lavozimiga ko‘ra) bozor hududida yarmarkalar o‘tkaziladigan kunda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlasin.

8. Shahar hokimligi Axborot xizmati (A.Abdihamidov), Mazkur qaror “Kattaqo‘rg‘on tongi” gazetasi (T.Xamidov) larga мazkur qaror gazetada e’lon qilinsin hamda hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.

9. Ushbu qaror rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (M.Toshpo‘latov) zimmasiga yuklatilsin.

 

 Shahar hokimi                                                                                                   G.Alimova

318-7-106/Q 22

22.08.2022 y

Kattaqo‘rg‘on sh

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM