Mahalla yoshlari oʻrtasida sport musobaqalari o'tkazildi

"Besh tashabbus olimpiadasi"ning ikkinchi mavsumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi “Mahallarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichiga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-sonli qaroriga asosan bugun shahrimizning barcha mahallalarida 7-10 yoshdagi bolalar oʻrtasida sportning “Quvnoq startlar” turidan 1-bosqich sport musobaqasi tashkil etib oʻtkazilmoqda.

 Jumladan 17 IDUM sport zalida Amir Temur MFY yoshlari oʻrtasida, 8-umumtaʼlim maktabida So'fi Olloyor MFY yoshlari o'rtasida, 4- umumtaʼlim maktabida Damariq MFY, 3-umumta'lim maktabida "Qo'shhovuz" MFY yoshlari oʻrtasida Quvnoq startlar musobaqasining mahalla bosqichi qizg'in musobaqalar tarzida tashkil etildi.

Bolalar oʻrtasida “Kim chaqqon”, “Qiziqarli estafeta”, “Toʻp sardorga”, “Toʻp almashtirish” kabi xarakatli oʻyinlar oʻtkazildi.            

Shuningdek, barcha mahallalarda 11-15 yoshdagi mahalla yoshlari oʻrtasida sportning mini-futbol turidan mahalla bosqichi sport musobaqalari o'tkazildi.           

 Kattaqo'rg'on shahar Sportni rivojlantirish bo'limi

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM