Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig’ining 2022-yilning aprel oyida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida hisoboti

Kattaqo‘rg‘on shahar davlat soliq xizmati organlari 2022-yilning aprel oyida davomida 5 milliard 5 million so‘m miqdorida soliq to‘lanib, belgilangan prognoz rejasi 0,5 milliard so‘m ortig‘i bilan bajarildi. Byudjetga yo‘naltirilgan mablag‘larning asosiy qismi 3,6 milliard so‘mi, ya’ni 66 foizi yuridik shaxslar, 1,9 milliard so‘mi yoki 34 foizi esa jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi. 2022-yilning boshidan Mol-mulk va yer solig‘i 15 aprelga qadar 1,9 mlrd. So‘m yoki 25 foizi to‘landi. Soliq turlari bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, tushumning 2,8 milliard so‘m yoki 50,2 foizini jismoniy shaxslar daromad solig‘i, 0,5 milliard so‘m yoki 8,3 foizini aylanmadan olinadigan soliq, 0,8 milliard so‘m yoki 14,3 foizini jismoniy shaxslarning yer va mol-mulk solig‘i hamda qolgan 1,4 milliard so‘m yoki 25,4 foizini esa boshqa soliqlar va yig‘imlar tashkil etdi.

Bugungi kunda Kattaqo’rgon shahrida  1048 yaqin tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritadi. Aprel oyi davomida “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida shahrimizdagi 100 ta korxonaning  57 ta muammolari o‘rganilib, mazkur muammolarning 37 dan ortig‘i bevosita soliq xodimlari ko‘magida hal etildi. 

Kattaqo’rgon shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida aprel oyida 75 ta korxonadagi 158 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi. 

Agar sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonarlarida 60 nafar, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida 78 nafar, qurilish korxonalarida 20 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va byudjetga 15,6 million so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirildi. 

Joriy yilning aprel oyida “Soliq hamkor” dasturi orqali Kattaqo’rgon shaharda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan bog‘liq soliq huquqbuzarliklari to‘g‘risida jami 18 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, murojaatlarga asosan 18 ta sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazildi. Bugungi kunga qadar murojaatlari o‘z tasdig‘ini topgan fuqarolarning bank plastik kartasiga mablag‘ o‘tkazish choralara ko’rilmoqda.

 

Kattaqoʼrgʼon shahar

DSI axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM