Kuz-qish davrida

Image_tadbir: 

Kuz-qish davrida tabiiyki aholining "zangori olov" ga boʻlgan ehtiyoji keskin kuchayadi. Albatta bu davrda har bir isteʼmolchi uy ichi gaz jihozlaridan oqilona va xavfsiz foydalanishlari kunning asosiy vazifalaridan bir boʻlib qolishi lozim boʻladi, aks holda turli xil koʻngilsiz holatlar boʻlishi barchamizga maʼlum. Ayniqsa umumiy ovqatlanish shahobchalari hamda aholiga xizmat ko'rsatuvchi turli darajadagi tabiiy gaz iste'molchilarining bu kunlarda mas'uliyatini ikki karra kuchaytirish lozimligi bo'yicha gaz xodimlari tomonidan axoli va ulgurji iste'molchilar o'rtasida doimiy nazorat o'tkazib kelinmoqda.
"Kattaqo‘rg‘onshaxargaz" gaz ta'minoti bo'limi xodimlari tomonidan zangori olov isteʼmolchilarini is gazidan va uy ichi gaz jihozlaridan toʻgʻri foydalanmasliklari natijasida kelib chiqishi mumkin boʻlgan  koʻngilsiz holatlarni oldini olishga qaratilgan targ'ibot va tashviqot ishlari olib borilib, xar bir gaz jihozlari ko'zdan kechirilmoqda.

"Kattaqo‘rg‘onshahargaz " gaz ta'minoti bo'limi matbuot 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM