2022-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 

Kattaqoʻrgʻon shahrida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar hamda mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar uchun 2022-yil uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida yer soligʻi stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429 va 437-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Resurs soliqlari va mol-mulk soligʻini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6121-sonli Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (06/04-01-32-son) va Davlat soliq qoʻmitasining (19/10-68220-son) 2021-yil 8-noyabrdagi qoʻshma topshiriqlarini inobatga olib, xalq deputatlari shahar Kengashining oltinchi chaqiriq, qirq yettinchi sessiyasi

QAROR QILADI:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 06/04-01-32-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq qoʻmitasining 19/10-68220-sonli 2021-yil 8-noyabrdagi qoʻshma xatlari, viloyat Moliya bosh boshqarmasining 2021-yil 9-noyabrdagi 01/02-38/845-sonli xulosalari maʼlumot uchun qabul qilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 429-moddasiga muvofiq Kattaqoʻrgʻon shahar uchun belgilangan bazaviy soliq stavkasi asosida qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar uchun yuridik shaxslar boʻyicha mutloq miqdorda belgilangan bazaviy soliq stavkasiga kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffisiyentlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 437-moddasiga muvofiq mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar (bundan dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar mustasno) boʻyicha mutloq miqdorda 1 kv.m. uchun belgilangan bazaviy soliq stavkalariga nisbatan kiritilayotgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Bunda, xalq deputatlari shahar Kengashi, yuqoridagi 1-2-ilovalar bilan belgilangan soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha boʻlgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilash huquqiga egaligi koʻrsatib oʻtilsin.

4. “Kattaqoʻrgʻon tongi” gazetasi bosh muharriri (T.Xamidov) ommaviy axborot vositalari orqali 2022-yil budjet-soliq siyosatidagi oʻzgarishlar, soliqlar va toʻlov stavkalari, soliq solish tartiblari hamda boshqa maʼlumotlarni yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi (S.Gadayev) va shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (B.Sayipov) zimmasiga yuklansin.

 

                Kengash raisi                                                                                                                                                             G.Alimova

                 

(Yuklab olish PDF)

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM