Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining qarori

                                                                                             Kattaqo‘rg‘on shahar hokimining                                                                                         

qarori

 

2021 йил  29 октябр                                              № 80-7-106- Q/21                        Kattaqo‘rg‘on shahar              

 

      (yuklab olish PDF 384 Kb)

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash toʼgʼrisida

Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini ish bilan taʼminlash toʼgʼrisida”gi Qonunning 17-moddasi (Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Аxborotnomasi, 1998 y, 5-6-son, 97-modda;)  hamda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamla shahar hududida joylashgan korxonalarda ish oʼrinlarining eng kam miqdorini belgilash yuzasidan berilgan takliflarni inbatgga olib,

Q А R O R  Q I L А M А N:

1. Oʼzbekiston Respublikasining “Аholini ish bilan taʼminlash toʼgʼrisida”gi Qonunining 17-moddasiga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar toifalari uchun ish oʼrinlarini band qilishi lozim boʼlgan shaxardagi korxona, tashkilot va muassasalar roʼyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Qayd qilingan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir boʼlmagan shaxslar toifalari uchun ish oʼrinlarini band qilib qoʼyishni taʼminlasin:

- 14 yoshga toʼlmagan bolalari, nogironligi boʼlgan bolalari bor yolgʼiz otaga yoki onaga, shuningdek koʼp bolali oilalarning ota-onalari uchun- 41.8% (165 kishi);

- Umumiy oʼrta va oʼrta maxsus taʼlim tashkilotlarining, kasb-hunar maktablarini, kasb-hunar kollejlarini hamda texnikumlarini tamomlab, kasbga ega boʼlgan yoshlar uchun – 12.9 % (51 kishi);

- “Mehribonlik” uylarining bitiruvchilari, shuningdek oliy taʼlim muassasalarining davlat grantlari buyicha taʼlim olgan bitiruvchilari uchun - 26.3 % (104 kishi):

- Oʼzbekiston Respublikasi Mudofa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Milliy gvardiyasining, Davlat xavfsizlik xizmatining qoʼshinlaridagi muddatli harbiy xizmatdan boʼshatilgan shaxslar uchun - 2.5 % (10 kishi);

- Nogironligi boʼlgan shaxslar uchun - 2.5% (10 kishi);

- Pensiya oldi yoshidagi shaxslar uchun – 10.1 % (40 kishi);

- Jazoni ijro etish muassasalaridan yoki sudning qaroriga koʼra tibbiy yoʼsindagi majburlov choralari qoʼllanilgan shaxslar uchun – 2.1% (10 kishi);

- odam savdosidan jabrlanganlar uchun 1.0 % (4 kishi);

2. 2021 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni joylashtirish uchun ish oʼrinlarini 2022 yil uchun band qilib qoʼyish lozim boʼlgan korxonalar roʼyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.

3. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ish bilan taʼminlash uchun 2021 yil yakunlashidan 10 kun oldin kvota ish joylari umumiy miqdorining kamida 25 foizi uchun, 2022 yilning 10 aprelidan kechikmay ish joylarining qolgan qismi 75 foizini barpo etish (ajratish yoki band qilib qoʼyish) toʼgʼrisidagi, yaʼni har bir kvota toifasi boʼyicha ish oʼrinlari band qilib qoʼyiladigan kasblar va lavozimlar, mutaxassisliklar kesimidagi maʼlumotlarni va qaror boʼyicha chiqarilgan buyruq nusxalarini shahar Bandlikka koʼmaklashish markaziga taqdim etish vazifalari yuklatilsin.

4. Korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun ish joylarining koʼrsatib oʼtilgan miqdorini Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibi toʼgʼrisida” gi Nizomga muvofiq belgilangan muddatlarda va tartibda yaratilishini (ajratilishini yoki band etib qoʼyilishini) hamda ish joylari sanitariya gigiena normalariga va xodim oʼz majburiyatlarini bemalol bajarishini taʼminlaydigan mehnat sharoitlariga muvofiq boʼlishini taʼminlasinlar.

5. Ushbu qaror ijrosini bajarilmagan taqdirda tashkilotning mansabdor shaxslariga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarini band qilib qoʼyish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom”ning 15-bandiga muvofiq qonun doirasida jarima solinsin.

6. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qoʼyish tartibi toʼgʼrisidagi Nizom” ga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishga qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʼyiladigan ish oʼrinlarini shahar hokimi tomonidan belgilangan miqdorda ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu oʼrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʼlarining bir qismini shahar Bandlikka koʼmaklashish markaz bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʼmaklashish jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.

7. Oʼzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining “Oʼzbekiston Respublikasi Bandlikka koʼmaklashish davlat jamgʼarmasi mablagʼlari hisobidan subsideya va grantlar ajratish tartibi toʼgʼrisida Nizomni tasdiqlash haqida”gi            (АV roʼyxat raqami №-3163-son,31.05.2019 y) buyrugʼiga asosan subsidiyalar ajratib berish tartibi amaliyotga joriy etilganini hisobga olib, “ijtimoiy ehtiyojmand aholi qatlamlariga mansub shaxslarni kvotalangan sonidan ortiq miqdorda ishga qabul qilgan tashkilotlarga har bir xodim uchun 12 oy davomida xar oyda eng kam oylik ish haqining 2 barobari miqdorida haq toʼlash” belgilansin.

8. Shahar Bandlikka koʼmaklashish markazi direktori (R.Murodqosimov) bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.

9. Shahar hokimining 2020 yil 29-sentyabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʼrinlarini 2021 yil uchun band qilib qoʼyish toʼgʼrisida”gi 294-Q sonli qarori 2021 yilning 31-dekabridan oʼz kuchini yoʼqotgan deb hisoblansin.

10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

11.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining birinchi oʼrinbosari B.Soipov zimmasiga yuklansin.

 

 

 Kattaqoʼrgʼon shahar hokimi:                                                                      G.Аlimova

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM