“Yoshlar salomatligi oyligi” doirasida tibbiy ko’rik o’tkazildi

Sogʻliqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda “Yoshlar salomatligi oyligi” aksiyasi boshlandi.

Bugun ushbu oylik munosabati bilan boshlangan aksiya doirasida shahrimizdagi  harbiy qism qo'mondonligi, shahar hokimligi, Sog'liqni saqlash boshqarmasi hamda shahar Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda  Oilaviy poliklinikada tibbiy ko'rik tashkil qilindi.

Samarqand shahar Ko'p tarmoqli markaziy shifoxonasidan tashrif buyurgan mutaxassis shifokorlar ishtirokida shaharning 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlari, uyushmagan yoshlar, yosh oilalar shuningdek, Kattaqo'rg'on garnizonining 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yosh harbiy xizmatchilari, yosh oilalari hamda ularning farzandlari chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.

Chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rik davomida  tekshiruv natijalariga ko'ra EKG, UTT, rentgen, travmatolog, nevropatolog, psixolog, urolog, ginekolog, LOR, okulist, xirurg, pediatr, stomatolog va boshqa tekshiruvlar bo’yicha kasalliklar aniqlangan bemorlar alohida ro'yxatga olinib, ularga shu yerning o'zida tibbiy muolaja usullari va dori-darmonlar berildi.

Aksya doirasida tekshiruv natijalariga koʻra aniqlangan kasalliklar boʻyicha bemorlarni davlat koʻmagida davolash, sogʻliqlarini mustahkamlash choralari koʻrilib, sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha tadbirlar tashkil etiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Kattaqo'rg'on shahar hokimligi. Sayt yaratuvchisi: SAKTRM