Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kattaqoʻrgʻon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan “Oqqoʻrgʻon namunasi” asosida tashkil etilgan shtab ishchi guruh aʼzolari ishtirokida 3-sektor hududidagi Islom Shoir nomli mahallasida uyma-uy yurib aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot oʻtkazildi.
Fuqarolar tomonidan koʻtarilgan masalalar yuzasidan shahar tashkilotlari mutasaddilariga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berilib ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, 3-sektor hududidagi mavjud ijtimoiy obyektlar holatlari oʻrganilib, mavjud muammolar yuzasidan soʻrovnomalar toʻldirildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati