YOSHLAR GULXAN ATROFIDA
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Gulxan atrofidagi yoshlar” loyihasi doirasida turli madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu jumladan, shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari bo‘limi hamkorligida tashkil qilingan ana shunday tadbir “Navbahor” mahallasidagi yoshlarni bir joyga jamladi.
Mushoira kechasi, yosh talantlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar va raqslar nafaqat yoshlarni, katta avlod vakillarini ham davraga chorladi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova gulxan atrofidagi samimiy suhbat davomida yoshlarning orzu intilishlari, kelgusi rejalari bilan qiziqdi.
— Tadbirga ko‘proq uyushmagan yoshlarni jalb qilishga e’tibor qaratdik, — deydi Yoshlar ishlari bo‘limi rahbari B.Quziev. -Bunday uchrashuvlar mahallada huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olish, yangi iste’dodlarni kashf etish, yoshlarni ezgu g‘oyalar atrofida birlashtirishga xizmat qiladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.