insurez
28-09-2024 15:55

O'QUV VA TALABALAR TURAR JOYINING YANGI BINOLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI


2022-yil 3-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filialining yangi o'quv hamda TTJning yangi binolarini qurish boshlangan edi. Bu xayrli ishlarga 74 milliard so'm mablag' safarbar etildi. 

Natijada bugungi kunga kelib 4 ming o'rinli o'quv binosi, 500 o'rinli talabalar turar joyi zamonaviy qulayliklarga ega holatda qurib bitkazildi.

Bugun, 28-sentabr kuni ushbu binolarning rasman ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda SamDU rektori, O'zbekiston Respublikasi Fan Arbobi, senator R.Xolmurodov, Kattaqo'rg'on shahar hokimi G.Alimova so'zga chiqib, ilm-ma'rifat yo'lidagi buyuk qadam, keng imkoniyat bilan barchani qutladi. Yurtboshimizning ta'lim yo'lidagi islohotlari mevasi ekanligini e'tirof etdi.

Lentalar kesildi, mehmonlar va keng jamoatchilik filial o'quv binosi, TTJ bilan tanishdi.