Munosabat
Yaqinda ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahri, Buxoro 2-berk koʻchasi atrofidan oqib oʻtuvchi zovur boʻyicha videomurojaat tarqalgan edi.
Mazkur murojaat yuzasidan Sanepidqo‘mita shahar bo‘limi, shahar Ekologiya bo‘limi hamda “Kunjupay” va “Zarafshon” mahallalari masʼullaridan iborat ishchi guruh tomonidan ushbu ochiq suv kollektori yaqinidagi aholi xonadonlari va ishlab-chiqarish korxonalaridagi mavjud vaziyat oʻrganildi.
O‘rganish natijasida Zarafshon hamda Kunjupay mahallalari hududidan oqib o‘tuvchi va hududdagi yer osti sho‘r suvlarni hamda yomg‘ir-qor mavsumida hosil bo‘ladigan suvlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan zovurga oqava suv tarmog‘idan oqava suvlar tushmayotganligi, lekin hozirgi vaqtda ifloslanib, ayrim joylarida suv yig‘ilib turib qolganligi uchun badbo‘y hid chiqarib turganligi hamda zovurning ifloslanishiga sabablardan biri ushbu zovurga tutash bo‘lgan aholi yashash xonadonlarida hosil bo‘lgan chiqit suvlarni zovurga chiqarib kelinayotganligi sababli hosil bo‘layotganligi aniqlandi.
Joriy yil dasturida ushbu zovur kovlanib tozalash rejalashtirilgan bo‘lib, lekin ayrim aholi xonadonlari zovur muhofaza hududida o‘zboshimchalik bilan qurilganligi sababli kovlash uchun maxsus texnikani ishlashiga muammo tug‘dirib, natijada zovurning ayrim joylari yillar davomida tozalanmay qolib ketmoqda.