MUBORAK OYNI RISOLADAGIDEK O‘TKAZAYLIK
Fazilatli Ramazon oyi munosabati bilan bugundan shahrimizning barcha masjidlarida tarovih namozlari ado etiladi. Shu munosabat bilan masjidlar va tutash hududlarda mas'ul xodimlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda jamoat tartibi saqlanadi.
Xalqimiz uchun azaldan mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik timsoli bo‘lib kelgan muborak oyni munosib kutib olish va yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida masʼullarning saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi.
Unda, shahar sektor rahbarlari tomonidan masjidlardagi o‘t o‘chirish jihozlari, evakuatsiya rejasi, namozxonlar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar, ularning xavfsizligini taʼminlash, namoz o‘qish joylarining tozaligi, jihozlanishi, sanitariya talablariga mosligi kabi bir qator masalalar borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.
Bu bo‘yicha tegishli mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, aniq vazifalar belgilandi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.