insurez
29-05-2025 17:18

Kattaqo'rg'on shahrida "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqasining Taekvondo (WT) bo‘yicha 2-mintaqa bosqichi bo'lib o'tdi


 Tantanali ochilish marosimida shahar hokimi O'rinbosari J.Ganiyev, O'smirlar va yoshlar bo'yicha O'zbekiston Taekvondo sport turi bosh murabbiyi Li Konstantin Radiyevich, O‘zbekiston taekvondo (WT) federatsiyasi Samarqand viloyati bo‘limi ijrochi direktori Li Aleksandor Valeryevich, mutasaddi tashkilot rahbarlari va jamoatchilik vakillari, yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.

Mintaqaviy bosqichda Kattaqo'rg'on shahar va Kattaqo'rg'on, Narpay, Paxtachi tumanlaridan 100 nafardan ortiq yoshlar 10 ta vazn toifasida "Sport maktablari" hamda "Sport klublari"dan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdi. 
Musobaqaning yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda taqdirlandi hamda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Teglar
- -