Kattaqoʻrgʻon shahrida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi va viloyat Xalq qabulxonasi hamkorligida tadbirkorlar bilan sayyor qabul boʻlib oʻtdi.
Viloyat bojxona boshqarmasi masʼullari tomonidan “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi va “Eksport uch qadamda” tizimining afzalliklari, ushbu tizimlar orqali tadbirkorlarga tatbiq etilayotgan imkoniyatlar, bojxona toʻlovlaridan qoʻllanilayotgan imtiyozlar hamda shartnoma turlarining yangilanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.
Shundan soʻng, savol-javoblarga oʻtilib, viloyat bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Muxammadiyev boshchiligida bojxonachilar tadbirkorlarning murojaatlarini tinglashdi. Tadbirkorlar bilan suhbat jarayonida ularning muammo va kamchiliklari oʻrganildi.
Uchrashuv davomida 15 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. Barcha murojaatlar boʻyicha tegishli tarkibiy tuzilma rahbarlariga topshiriqlar berilib, ularning ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.