Kattaqoʻrgʻon shahrida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi
Kattaqoʻrgʻon shahar Madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda mahalla raislari o‘z mahallasida amalga oshirgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari haqida taqdimotlar o‘tkazib, savollarga javob berishdi. Tanlovda shahr hokimi Gavhar Alimova ishtirok etdi.
Tanlovda faol qatnashgan "Kattaqoʻrgʻon" mahallasi raisi gʻolib boʻlib, viloyat bosqichiga yoʻllanmani qo‘lga kiritdi.
Mahalla uyushmasi shahar bo‘limi tomonidan eng yaxshi mahalla raislari taqdirlandi.
Tanlov mahallalararo tajriba almashish va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
#Kattaqoʻrgʻon #ObodXonadon #ObodKocha #ObodMahalla
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.