BUGUNGI TAʼLIM KELAJAK SARI QADAM
Maktabgacha taʼlim yosh avlodning keyingi taʼlim bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishida muhim ahamiyat kasb etadi. Zero yoshlikda olgan bilim toshga oʻyilgan naqsh kabidir. Shu maqsadda bugun maktabgacha taʼlim tashkilotlarida barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Shahrimizdagi 5 maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib oʻtgan seminarga tashrif buyurgan tadbir ishtirokchilari buning guvohi boʻldilar.
Seminar avvalida mehmonlar muassasadagi imkoniyatlar, oʻquv mashgʻlotlarining oʻtishi, sport musiqiy bilim olishlari uchun berilgan imkoniyatlar, bolalarning ovqatlanishlari uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdilar.
Shuningdek, tarbiyalanuvchilar tomonidan tayorlangan musiqiy chiqishlar, sahna koʻrinishlari ham ishtirokchilarga manzur boʻldi.
Tashkilot rahbarining ish faoliyati yuzasidan taqdimoti bilan tanishgan mehmonlar bu borada oʻzlarining iliq fikrlarini bildirdilar.