insurez
01-03-2025 14:14

Boshqaruv servis kompaniyalari tanlovi o’tkazildi


Samarqand shahrida “Eng yaxshi ko‘p kvartirali uyni boshqarish organi” tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda 60 dan ortiq boshqaruv organlari ichidan eng yuqori natijaga erishganlari o‘zlarining ishchi-xodimlari, moddiy texnik bazalari bilan ishtirok etishdi.   

Tanlov natijalariga ko‘ra, Kattaqo'rg'on shahar “Qo’rg’on servis boshqaruv” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasi 3-o’rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, tanlov g‘oliblariga Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tanlovdan boshqaruv tashkilotlari faoliyatini ommalashtirish, o‘zaro tajriba almashish, sohada raqobat muhitini kuchaytirish va faoliyatdagi ilg‘or yechim hamda ish usullarini namuna sifatida tatbiq etish maqsad qilingan.

Teglar
- -