insurez
28-02-2025 16:42

Ayolga ehtirom


8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni oldidan turli tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan bugun, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil qilindi. 

Ushbu tadbir doirasida kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlar faollari va tashkilotlardagi xotin- qizlar Samarqand shahriga sayohatda bo‘ldilar. Tarixiy joylarni ziyorat qildilar.
Shuningdek,  xotin-qizlar uchun bayram dasturxoni yozildi. Poytaxtdan tashrif buyurgan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilarini raqsga chorladi. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -