insurez
11-11-2025 18:07

Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha navbatdagi seminar o‘tkazildi


Bugun shahar Soliq inspeksiyasi binosida Kattaqo’rg’on shahrida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik doirasida navbatdagi o‘quv-seminar tashkil etildi. Seminarda shahar statistika bo‘limi, Soliq inspeksiyasi va IIB profilaktik inspektorlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida shahar statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllarini to‘ldirish tartibi hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri kiritish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga jarayonni sifatli tashkil etish, aholiga to‘g‘ri tushuntirish ishlari olib borish bo‘yicha tavsiyalar va amaliy ko‘nikmalar taqdim etildi.


 

Teglar
- -