Oila – muqaddas dargoh!

Image_tadbir: 

Oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham osoyishta bo‘ladi, baxtli oilalar tufayli baxtiyor jamiyat shakllanadi. 
Oilalarning mustahkamligini saqlash maqsadida shahrimizda har chorshanba kuni ajrim yoqasidagi oilalar muammolari o‘rganilib, yarashtirish choralari ko’rilmoqda. 

Kuni kecha o’tkazilgan o’rganishda shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Kuchkarova, shahar "Oqila ayollar" harakati "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi" tomonidan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar muammosi ko‘rib chiqilib, ularga oila mustahkam dargoh ekanligi, oilada er va xotin burchlari to’g’risida tushuntirildi. 

O‘rganilgan 11 nafar oilalardan 2 nafari yarashtirildi.       
Qolgan oilalarni o‘ylab ko‘rishlari uchun muxlat berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                     

2015-2024 © GOVERNMENT OF KATTAKURGON CITY. Maked by: SAKTRM