"Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi...

Image_tadbir: 

 Bugun, 2022-yilning 18-may kuni Kattaqo'rg'on shahrida umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida o'quvchi- yoshlarni huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida "Mening huquq va majburiyatlarim" tanlovining shahar bosqichi o'tkazildi.

Tanlov 3 bosqichda o'tkazilib, 1-shart Test sinovlari, 2-shart Huquqiy bilimdonlik hamda 3-shart Sahna korinishi shaklida tashkil etilib, tanlov yakunida faxrli 1-o'rinni shahrimizdagi 17-IDUMining "Femida" jamoasi o'quvchilari qo'lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritishdi.

2015-2024 © GOVERNMENT OF KATTAKURGON CITY. Maked by: SAKTRM