Shahar hokimi ta’lim muassasalaridagi sharoitlarni o‘rgandi
Keyingi yillar davomida shahrimizdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida yetarli sharoitlar yaratildi. Ta’lim maskanlarining moddiy-texnik bazasi yaxshilandi. Albatta, bu boradagi ishlar yoshlarni munosib ravishda ta’lim-tarbiya olishlari uchun ulkan imkoniyatdir.
Shahar hokimi Gavhar Alimova 13-umumta’lim maktabida bo‘ldi va ta’lim-tarbiya jarayonlarining borishi bilan tanishdi. Maktab o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi. Bitiruvchi sinf o‘quvchilarining kelgusidagi maqsad va istaklariga qiziqdi. Yoshlarga barcha sharoitlar yaratilgan hozirgi vaqtda faqat munosib ilm olish, biror hunarni egallash zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, shahar hokimi 3-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning sog‘lom ovqatlanishlari borasidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Ta’lim muassasasi oldida obodonchilik ishlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlarni berdi.