insurez
04-01-2025 14:05

Harbiy qismning 31 yilligi tadbiri oʻtkazildi


Bugun Kattaqo'rg'on garnizonida joylashgan harbiy qismda "HARBIY QISM TASHKIL TOPGANLIGINING 31 YILLIGI" bayram tantanasi nishonlandi.

Tadbirda so'zga chiqqan qo'mondon o'rinbosari barchani muborakbod etib, olib borayotgan xizmatlariga omadlar tiladi hamda harbiy qism komandiriga Markaziy harbiy okrugining esdalik nishonini topshirdi.  

Mazkur tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova so'zga chiqib, ishtirokchilarni sana munosabati bilan tabrikladi va bir guruh harbiy xizmatchilarga tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg’alarni topshirdi.  

Shundan so'ng bir qator harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi, Markaziy harbiy okrug qo'mondoni, harbiy qism komandirining buyrug'lari bilan qimmatbaho sovg'alar, faxriy yorliqlar va esdalik nishonlar bilan taqdirlandilar.

Tadbir so’ngida harbiy xizmatchilar uchun Madaniyat xodimlari va harbiy orkestr jamoasining Vatanni, Tinchlikni aks ettirgan kuy-qo'shiqlari ijro etildi.