insurez
06-01-2025 15:46

2024 yilning 1-va 2-mavsumida Kattaqo‘rg‘on shahrida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan tadbirlar uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” orqali amalga oshirilgan ishlar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5072-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024 yil 29 iyuldagi "Tashabbusli byudjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi KQ-787-IV sonli qarori iijrosini ta’minlash bo‘yicha 2024 yilning fevral-aprel oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 1-mavsumida Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 100 ta loyihalar ilgari surilib, 74 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olingan.

Komissiya tomonidan saralab olingan 74 ta takliflarga ovoz berish natijalari bo‘yicha 22 ta takliflar g‘olib deb topilgan.

Har bitta g‘olib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob raqamlar ochilib, mablag‘lar to‘liq moliyalashtirib berilgan.

G‘olib bo‘lgan 22 ta loyihalardan hozirgi kunga qadar 22 tasida ishlar yakunlanib foydalanishga topshirilgan.

Jumladan:

1. SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali hududidan ochiq turdagi mini futbol stadioni qurish qiymati 350 mln so‘mlik;

2. Tibbiyot birlashmasi (poliklinika)ni moddiy-texnika bazasini rivojlantirish qiymati 1 mlrd 360  mln so‘mlik;

3. Kattaqo‘rg‘on shahar 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabiga nazorat punkti hamda xo‘jalik buyumlarini saqlash uchun omborxona qurish qiymati 400 mln so‘mlik

4. Kattaqo’rg‘on shahar 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-tenika bazasini rivojlantirish qiymati 478 mln 750 ming so‘mlik;

5. Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka qo‘rg‘onchasi Nurobod MFY hududidan mini futbol stadioni kurish qiymati 400 mln so‘mlik;

6. Kattaqo‘rg‘on shahar 16-maktabning kirish darvozasini almashtirish, latoklashtirish, issiqlik tizimini ta’mirlash, yulaklarni styashka qilish maktab fayesini eshik romlarini almashtirish qiymati 550 mln so‘mlik;

7. Mirzo Ulug‘bek nomidagi hiyobon (xalq tilida Bulvar)ni zamonaviy ko‘rinishga keltirish uchun qiymati 450 mln so‘mlik ;

8. Kattaqo‘rg‘on shahar 6-umumta’lim maktabining 1 va 2-binosi sinf xonalarining isitish tizimini yangilash, 1 ta 50 kv. metrli sinf xonasi pol qismi almashtirish, maktab hovlisida 700 kv. metr hududga beton qoplamasini yotqizish qiymati 450 mln so‘mlik ;

9. Qoradaryo o‘tar ko‘chasini 600 m qismini asfaltlashtirish Sanat ko‘chasini 400 m qismiga asfalt qoplamasi yotqizish qiymati 1 mlrd 300 mln so‘mlik ;  

10. Kattaqo‘rg‘on shahar 13- umumta’lim maktab fasadi, maktab binosini joriy ta’mirlash, qiymati 1 mlrd 360 mln so‘mlik ;  

11. Nurobod MFY Kattasoy ko‘chasida yoshlar va nuroniylar dam olish, yig‘ilish va madaniyat-ma’rifat markazini barpo etish qiymati 1 mlrd so‘mlik ; 

12. Kattaqo’rg‘on shahar 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-tenika bazasini rivojlantirish qiymati 117 mln 860 ming so‘mlik ;

13. Kattaqo’rg‘on shahar 5-maktabgacha ta’lim tashkiloti xududni o‘rash xamda yozgi oshxona qurish qiymati 250 mln so‘mlik.

14. 16 maktabgacha ta’lim  tashkiloti hududida bolalar uchun sport zal binosini qurish qiymati 400 mln so‘mlik.

15. Shahardagi 6 Maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘kuv binosini joriy tamirlash xamda bolajonlarga 5 ta yozgi ayvoncha qurish qiymati 650 mln so‘mlik.

16. 19-maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar 1 ta ayvonchasi qurish, 4 ta bolalar ayvonchasini ta’mirlash, yo‘laklarni ta’mirlash 200 m, latoklashtirish 120 m qiymati 200 mln so‘mlik.

17. 14-IDUM da ichki gigena xonasi qurish qiymati 150 mln so‘mlik.

18. 22-maktabgacha  ta’lim tashkilotining o‘quv binosini joriy ta’mirlash hamda tashqi xojatxona qurish qiymati 300 mln so‘mlik.

19. 8 son O‘rikzor madaniyat markazini joriy ta’mirlab namunali madaniyat markaziga aylantirish qiymati 700 mln so‘mlik.

20. 20-maktabda xotin-qizlar uchun gigiena xonasini tashkil qilish qiymati
120 mln so‘mlik.

21. Kattaqo’rg‘on shahar 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-tenika bazasini rivojlantirish qiymati 219 mln 900 ming so‘mlik.

22. Kattaqo’rg‘on shahar 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabining moddiy-tenika bazasini rivojlantirish qiymati 128 mln 790 ming so‘mlik.

 

 

Joriy yilning iyul-sentyabr oylarida o‘tkazilgan tashabbusli byudjet jarayoning 2-mavsumida Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha fuqarolar tomonidan jami 73 ta loyihalar ilgari surilib, 57 ta loyihalar ishchi komissiyasi tomonidan saralab olindi.

2024 yil 20 sentyabrdagi Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar kengashining VI--97-82-7-106-K/2 –son qarorining 1-ilovasiga asosan manzilli ro‘yxat shakillantirilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahari 2024 yil 2 mavsumda “Fuqarolar tashabbusi” bo‘yicha jami 10 ta loyiha g‘olib bo‘lib, ushbu loyihalar uchun jami 9 mlrd 803 mln 4 ming 714 so‘m ajratilgan va har bitta g‘olib deb topilgan takliflar uchun alohida hisob raqamlar ochilib, mablag‘lar to‘liq moliyalashtirib berilgan.

Jumladan:

1. "Juma-ota" Qabristoni atrofini beton to‘siq bilan o‘rab, yo‘laklarga bruschatka yotqizish hamda zinapoyalar o‘rnatish uchun 1 mlrd 200 mln so‘m ajiratilgan. Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 182 mln 326 ming 210 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

2. Sport maktabiga qarashli Haydarchaman MFY hududidagi 65x105 o‘lchamdagi Stadion tribunasini ustki qismini yopish va yangi o‘rindiqlar o‘rnatish uchun 1 mlrd 360 mln so‘m ajiratilgan Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda .Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 238 mln.498 ming 682 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

3. Sport maktabiga qarashli Kattaqo‘rg‘on MFY hududidagi "Konchilar o‘yingohi"ga 12x24 m o‘lchamdagi yengil konstuksiyali sport zal qurish.uchun 1 mlrd 360 mln so‘m ajiratilgan. Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda .Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 41 mln.847 ming 988 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

4. Kattaqo‘rg‘on shahar 15-maktab hududidan suniy qoplamali futbol maydonchasi, Workout, maktab atrofining temir pajarasini almashtirish, tashqi yoitish sim yogochlarini almashtirish uchun 600 mln  so‘m ajiratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda .Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 27 mln. 347 ming 60 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

5. Kattaqo‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikani va majlislar zalini joriy ta’mirlash, Tibbiyot birlashmasining O‘zbekiston ko‘chasidan kiruvchi asosiy kirish darvoza qismini ta’mirlash va obodonlashtirish, Tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklar markazining kirish qismini tez tibbiy yordam  mashinalirini to‘xtash uchun maxsus joylar  (PANDUS) qurush hamda tibbiyot birlashmasi hududida Vorkaut maydonchasini qurish uchun 1 mlrd 350 mln so‘m ajiratilgan. Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 227 mln. 434 ming 314 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

6. Islom Shoir nomli mahalla hududida joylashgan Furqat o‘tar ko‘chasi Chiqindixonaga olib boruvchi 1300 metrli yo‘lga asfalt yotqizish uchun 1mlrd 220 mln 959 ming 440 so‘m ajiratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 179 mln. 258 ming 433 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

7. Nurobod MFY Shodlik ko‘chasida yoshlar va nuroniylar dam olish yig‘ilish va madaniyat-ma’rifat markazini barpo etish hamda yonidan kutubxona tashkil etish uchun 1 mlrd 300. mln so‘m ajiratilgan. Bugungi kunda buyurtmachi Samarqand viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona byurtmachi xizmati” DUK tomonidan Davlat ekspertiza hulosasini olish uchun taqdim etilgan  Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 21 mln. 436 ming 269 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

8. Kattaqo‘rg‘on shahar 11-umumiy o‘rta ta’limi maktabi atrofining 290 metr qismini o‘rash va o‘quv binosining fasad qismini ta’mirlash uchun 191 mln  so‘m ajiratilgan . Bugungi kunda loyihalashtirish ishlar amalga oshirilmoqda . Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 1 mln. 515 ming so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

9. Zarifobod MFYdagi Bog‘ o‘tar ko‘chasi 250 metr Zavqiy ko‘chasi 130 metr ichki yo‘llarin asfaltlashtirish uchun 371 mln 171 ming 669 so‘m ajratilgan . Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 100 mln. 921ming 976 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.

10. Juma Samarqand (4R46) yo‘li hamda Beklar ko‘chalarida umumiy uzunligi 2221 metr piyodalar yo‘lakchasi va velo yo‘lagi tashkil etish uchun 849 mln 873 ming 605 so‘m ajratilgan. Bugungi kunda ishlar bajarilishi davom etmoqda. Ushbu loyiha bo‘yicha hozirgi kunda 246 mln. 37 ming 153 so‘m kassa xarajatlari amalga oshirilgan.