Янгиликлар

Hurmatli hamshaharlar!

Kattaqo'rg'on shahar aholisining iste’mol qilingan ichimlik suvidan qarzdorligi oshib ketishi o‘z o‘rnida ichimlik suvini yetkazib berish bilan bog‘liq zaruriy vazifalarni amalga oshirishda salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

FAXRIYLAR HARBIY QISMDA BO'LISHDI

Kattaqo'rg'on garnizoni harbiy qismida oktabr oyining birinchi haftasi "Keksalar haftaligi" doirasida shahar Nuroniylar kengashi bilan hamkorlikda Kattaqo'rg'on shahrida istiqomat qilayotgan nafaqadagi harbiylar hamda shahar nuroniylari harbiy qismda bo'lishdi. Ushbu tashrif mobaynida faxriylar harbiy qismda harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

МUNOSABAT  

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqoʻrgʻon shahar Amir Temur koʻchasida svetoforning ishlamayotganligi boʻyicha videomurojaat tarqaldi.
 Mazkur murojaat shahar IIB YHXB tomonidan nazoratga olinib, ushbu transport svetoforida kuzatilgan nosozlik bartaraf etildi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM