Янгиликлар

Targ‘ibot tadbiri “Vatanparvar” mahallasida      

Shu kunlarda shahrimiz mahallalarida bo‘lib o‘tayotgan "Mahallada duv-duv gap" turkumidagi targ‘ibot tadbirlarining navbatdagisi “Vatanparvar” mahallasida ham uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Shahar harbiy qism faollar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda SamDU professor o‘qituvchilari, imom xatib, ijodkorlar, madaniyat xodimlari ishtirok etdi.

“Yakkabog‘” mahallasida targ‘ibot tadbiri 

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahri mahallalarida o‘tkazilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri 4- sektordagi  “Yakkabog‘” mahallasi aholisi uchun tashkil qilindi.  9-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda SamDU professor o‘qituvchilari, shoirlar, imom xatib, madaniyat bo‘limi san’atkorlari, mahalla yoshlari, nuroniylar, mahalla vakillari ishtirok etdi. 

“Mahallada duv-duv gap”

4-sektor hududidagi “Zomin” mahallasi fuqarolari uchun bugun “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
8 umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirni sektor rahbari F.G‘aniev ochib berdi. Tadbirda shuningdek, imom xatib, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali o‘qituvchilari, yoshlar, xotin-qizlar va nuroniylar ishtirok etdi.
Sektordagi mahallalarda targ‘ibot tadbirlari davom etadi.

Xatlov 2024

Kattaqo’rg’on shahrida “Yoshlar balansi”ni shakllantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bugun mahallalarda yoshlar xatlovini oʻtkazish uchun yoshlar yetakchilariga amaliy yordam berish va xatlov jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida shahar SHTABI komissiyasi aʼzolarining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda xatlov o’tkazish bo’yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

”Маҳаллада дув-дув гап”

Тарғибот тадбирлари Каттақўрғон шаҳри маҳаллаларида давом этмоқда. “Ўрикзор” маҳалласи фуқаролари иштирокида 11 ИДУМ да бўлиб ўтган тадбирда ҳам профессор ўқитувчилар,  маданият ходимлари, ёшлар, нуронийлар, маҳалла фаоллари иштирок этди.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM