Mahallalarda ham hashar uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda
18.03.2023 - 11:48Butun yurtimiz singari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida shahrimizda bo‘lib o‘tayotgan umumxalq hasharida shahrimiz ahli faol qatnashmoqda. Ayniqsa, mahallalarda shu munosabat bilan tashkil qilingan tozalash, obodonlashtirish ishlariga mahallalar vakillari ham munosib hissa qo‘shmoqdalar.