Янгиликлар

OILAVIY POLIKLINIKA OCHILDI

Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar samarasi o‘laroq Kattaqo‘rg‘on shahrida ham sohada katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida shahrimizda Tibbiyot birlashmasining zamon talablari darajasida tibbiy jihozlar bilan jihozlanganligi, tumanlararo gemodializ markazining ochilgani, laporaskopik jarrohlik amaliyoti, skrining tekshiruvining yo‘lga qo‘yilgani, yaqinda magnit rezonans tomografiya uskunasining keltirilganligi fikrimizning isbotidir.

Республика "Оқила аёллар" ҳаракати раҳбари каттақўрғонлик оқила аёллар билан учрашди

Каттақўрғон шаҳрига ташриф буюрган Республика Оқила аёллар ҳаракати раҳбари О.Мусурмонова, Республика Оқила аёллар ҳаракати аъзоси З.Исломова, вилоят Оқила аёллар ҳаракати аъзоси Г.Худайбердиеваларнинг каттақўрғонлик хотин-қизлар билан учрашуви самимий бўлди.

"KITOB MENING DO‘STIMDIR"

Kattaqo‘rg‘on garnizoni 02855 harbiy qismda harbiy xizmatchilarnig ma’naviy hordiq olishlari, kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish hamda kitobxonlik savodxonligini yuksaltirish maqsadida tashkil qilingan arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi ushbu shior ostida bo‘lib o‘tdi.
Yarmarka davomida harbiy xizmatchilar shaxsiy kutubxonasi javonida bo‘lmagan turli kitoblardan xarid qilib kitoblari sonini  oshirdilar. 

MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqda shahrimizdagi “Goʻzalkent” va “Damariq” mahallalaridagi ichki koʻchalarda tungi yoritish chiroqlari uzib qoʻyilganligi boʻyicha videomurojaatlar tarqaldi. 

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM