Янгиликлар

Besh tashabbus

Shahrimizdagi barcha mahallalarida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning “Vorkout” turi musobaqalarining mahalla bosqichlari tashkil etildi.

Ishtirokchilar ikkita bosqich (turnik va brus) bo‘yicha kuch sinashishdi, g'olib bo'lgan yoshlar taqdirlanib, sektor bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

INSON QADRI UCHUN

Avvalroq xabar  berganimizdek, bugun shahar Drama teatrida tashkil qilingan xayriya aksiyasi ushbu shior ostida bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimligi, sektorlar, idora-tashkilotlar, tadbirkorlar, ta’lim muassasalari, mahallalar yettiligi, sog‘liqni saqlash hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.  

Mas’ullarga topshiriqlar berildi

Bugun viloyat hokimligida videoselektor tarzidagi apparat yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli mas’ullar 1-sektordan ishtirok etdilar.
Shahar hokimi kun tartibida ko‘rilgan masala ya’ni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunning 20 moddasi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi  Qonunning 6-moddasi ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha shahar  mas’ullarining axborotini eshitdi va zaruriy topshiriqlarni berdi.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM