Kitob-eng yaxshi do‘st

Inson qancha kitob o‘qishga qiziqsa, shuncha yaxshilika intilgan bo‘ladi. Agar oilalarimizda farzandlarimizni kitob o‘qishga targ‘ib qilsak, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. 

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi tomonidan shahrimizdagi har bir maktabda o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida “Men farzandimga kitob sovg‘a qilaman” loyihasi bo‘yicha tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Bo‘linma rahbari Qobil Boykalonov bugun shahar 17-IDUM ga tashrif buyurib, loyiha doirasida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda ota-onalarga farzandlarni yurtimiz va dunyo tarixini, buyuk ajdodlarimiz me’rosini, zamonaviy bilimlarni o‘rganishlari uchun ularni kitob o‘qishga targ‘ib qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib bordi. 

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM