Munosabat

Ijtimoiy tarmoqda Kattaqo‘rg‘on shahar Ingichka qo‘rg‘oni chiqindi poligonidagi holat bo‘yicha murojaat tarqaldi.

Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi rahbari A.Alimovning ma’lum qilishicha, ushbu holat nazoratga olingan bo‘lib, bo‘lim tomonidan ekologik qonunbuzarlarni aniqlash va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rish ishlari amalga oshirilib kelinyapti. Shuningdek, Ingichka qo‘rg‘oni chiqindi poligonidagi makur holatni xizmat ko‘rsatuvchi “Ikrom Nasrullaev” MChJ tomonidan tez kunda bartaraf etilishi ma’lum qilinmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM