FAOL TALABALAR BUXORODA

Kuni kecha SamDU Kattaqo’rg’on filialining faol talabalari Buxoro viloyatiga sayohat qilishdi. Dastlab, Buxoro shahrining yangi qismini, mustaqillik yillaridan bunyod bo‘lgan hududlarini tomosha qilgan talabalar inson qo‘li naqadar go‘zallik yarata olishiga amin bo‘ldilar.

So‘ng esa eski shahardagi qadimiy go‘shalarni, osori atiqalarni, ajdodlarimiz tomonidan bunyod etilgan obidalarni, maqbaralarni va masjidlarni tomosha qilishdi.

Buxoroga tashrif davomida talabalarni tarixiy obidalar, ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishtirish, ularni Vatanimizning uzoq tarixi, ajdodlarimiz qurdirgan jahonga mashhur obidalar haqida tassurotlarini yanada boyitishga asosiy e’tibor qaratildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM