SHAHAR HOKIMI ALIMOVA GAVHAR ZAYIROVNANING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu-alaykum qadrli hamshaharlar!

Avvalambor barchangizni Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman. 

Mana 32 yildirki, 1991 yil 18 noyabrda Mustaqilligimiz ramzlaridan biri boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan kundan boshlab ushbu kun milliy iftixorimiz sifatida katta tantana bilan nishonlanib kelinmoqda.

Zero, Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulugʻ sanaladi. Chunki u xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.  

Shunga koʻra har bir inson ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuygʻularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari boʻlgan bayroq, gerb va madhiyamizni ulugʻlash va ardoqlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Davlat bayrogʻi – davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzining shu sarhadlarida mustaqil Oʻzbekiston davlati borligini anglatadi va oʻzida milliy-madaniy anʼanalarimizni mujassamlashtiradi. Vatanimiz bayrogʻi oʻzining koʻrki va jamoli bilan qadimda mavjud boʻlgan milliy davlatlarimiz bilan tarixan bogʻliqligini anglatib, barcha ijtimoiy-madaniy qadriyatlarimizni oʻzida mujassamlashtirgani bilan ham ahamiyatlidir. 

Bayrogʻimiz oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan.

Milliy bayrogʻimizning hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-maʼrifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning shaʼni, xalqimizning gʻururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. 

Davlatimiz bayrogʻi mamlakatimizning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. U xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimizni ifoda etadi.

Mustaqil davlatimiz bayrogʻi tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.

Mustaqil Oʻzbekistonimiz bayrogʻi mustaqillik va milliylikni, sarhadimizda qadimdan mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqlikni hamda respublikamizning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgandir. Bayrogʻimizda yaxshilik, shon-shuhrat, sadoqat, poklik, xalqning navqironligi aks etgan. Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, Vatanimiz bayrogʻi xuddi ona Vatan kabi aziz va muqaddasdir. Ularda xalq tarixi, buguni va kelajagi oʻz ifodasini topgan. Bayrogʻimiz milliy gʻurur, fidoiylik va vatanparvarlikni shakllantirishdagi eng muhim vositadir.

Bayrogʻimizning balandligi yurtimizning obroʻ-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha eʼzozlaylik va boshimiz uzra baland koʻtaraylik!

 Aziz doʻstlar!

Sizlarni yana bir bor Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan chin dildan muborakbod etaman.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM