
Bugun shahrimizdagi 11-IDUMda "Otalar yig'ilishi" o'tkazildi. Unga faqat o'g'il bolalarning otalari taklif etildi. Shahar IIB bilan hamkorlikda tashkil etilgan yig'ilish davomida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi "Umumiy o'rta ta'lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to'g'risida" gi 282-sonli buyrug'i yuzasidan tushuncha berildi.
Shuningdek, yozgi ta'til davomida yutuqqa erishgan o'quvchilarning otalariga maktab ma'muriyatining tashakkurnomasi topshirildi.
Kattaqo’rg’on shahar hokimligi axborot xizmati.