Аholi bandligini taʼminlashda hokim yordamchilarining hissasi qanday boʻlmoqda?

Joriy yilda hokim yordamchilari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar uchun 47,2 mlrd. soʻm limit ajratilgan boʻlib, oʻtgan 8 oy mobaynida 1 078 nafar fuqarolarga 19,8 mlrd. soʻm (42 foiz) imtiyozli kreditlar ajratilib, 2 mingdan ortiq aholi bandligi taʼminlandi. 
Shu bilan birga, joriy yil yakunigacha hokim yordamchilari tomonidan umumiy qiymati 18 mlrd. soʻmlik 157 ta yangi loyihalar amalga oshirilishi natijasida 470 ta ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 16,57 mlrd. soʻmlik 124 ta yangi loyihalar tashkil etilib, 426 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. 
(Shahar hokimi Gavhar Alimovaning Xalq deputatlari shahar kengashi 80 sessiyasidagi hisobotidan )

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM