Bugun shahar hokimligi oldida 16-sentabr - “Butunjahon tozalik kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar ekologiya bo’limi, shahar Obodonlashtirish boshqarmasi, “Ikrom Nasrullaev” MCHJ xodimlari va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida “Yurtimiz tozaligiga barchamiz mas’ulmiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Kattaqo’rg’on shahrini chiqindilardan tozalash, yanada obod va ko‘rkam qilish bo‘yicha mas’ullarga yo‘nalishlar belgilab berilib, faol va tashabbuskor soha xodimlari shahar hokimligining tashakurnoma va bayram sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir qatnashchilari chiqindilarni tozalash, daraxtlarni oqlash, bezak berish, hududlarni obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlariga kirishdilar.

Aziz hamshaharlar! 
Shahrimiz hududida obodonlashtirish-bunyodkorlik ishlari davom etmoqda. Siz ham “Butunjahon tozalik kuni” tadbirlarida faol qatnashing!

 Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2023 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM