“20 MING TADBIRKOR – 500 MING MALAKALI MUTAXASSIS”

Bugun shahar soliq inspeksiyasi idorasida “20 ming tadbirkor - 500 ming malakali mutaxassis” dasturini samarali tashkil etish maqsadida Kattaqo’rg’on shahrida istiqomat qiladigan ishsiz fuqarolar ishtirokida seminar yig‘ilishi o‘tkazildi.

Seminarda shahar hokim o’rinbosari M.Toshpo’latov, shahar DSI boshlig’I orinbosari Z.Farmonov hamda viloyatdan biriktirilgan maʼsullar ushbu dasturning mazmun-mohiyati to‘g‘risida ishtirokchilarga tushuncha berdilar. Shuningdek ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.   

Seminar yig‘ilishlari har bir sektorda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.          

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM