YOZ MAVSUMINI BETALOFAT O'TKAZISH MUHIM

Shahar hokimligida ta’lim muassasalari rahbarlari, hokim yordamchilari va tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda yoz mavsumini betalofat o‘tkazish, shahar istirohat bog'ida 1 iyun - "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" tadbirlarini tashkil etish, yoshlarni cho‘milish taqiqlangan ochiq suv havzalarida cho‘milishni nazorat qilish, o‘quvchilarni yozgi ta’til davrini mazmunli o'tkazish, tashkilot-muassasalarda quyosh panellari o'rnatish va muqobil energiya manbalarining afzalliklari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu masalalar bo‘yicha so‘zga chiqqan shahar hokimi G.Alimova bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi har bir masala yuzasidan mas’ullar shahar hokim o‘rinbosari J.Nosirov, shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i A.O‘taganov va boshqalar so‘zga chiqib, belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshiriladigan ishlar va bu borada mas’ullar bajarishi lozim bo‘lgan masalalar haqida gapirdilar.

Yig‘ilishda ko‘rilgan masalalar yuzasidan ishtirokchilarning ham fikr va mulohazalari eshitildi hamda mutasaddilarga zaruriy topshiriqlar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM