IJODIY UCHRASHUV

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan "YEVROOSIYO" I-xalqaro teatr san'ati festivali doirasida Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatri direktori Botir Tugalov tomonidan Minsk shahar Yangi drama teatri direktori Ruslan Safonov, Sankt-Peterburg shahar "Vasilevskiy drama teatri" direktori Slovoxotov Vladimir hamda Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahar V.Mayakovskiy nomidagi Tojikiston davlat rus drama teatri bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida besh yilga mo‘ljallangan Memorandum imzolandi.

Ushbu davlatlar bilan madaniy aloqalarini rivojlantirish, teatrlar o‘rtasida ijodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish,  milliy va chet el sahna asarlarini hamkorlikda yaratish, shuningdek ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish, xalqaro festivallarda ishtirok etish, gastrol safarlari tashkil etishda hamkorlik qilish, hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar kelishib olindi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM