Viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

Bugun shahrimizda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning  "Streetworkot" turi bo‘yicha viloyat bosqichi o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘oliblarni taqdirlash tadbirida ishtirok etgan shahar hokimi o‘rinbosari J.Nosirov hamda viloyat sport boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari O.Sobirov ishtirokchilarni muvaffaqiyatlar bilan muborakbod etdilar va ularni Respublika bosqichida ham yuqori natijalarni qo‘lga kiritishlariga tilak bildirdilar.
 
Musobaqada 22-26 yosh toifasida Kattaqo'rg'on shahrining 4-sektor hududida joylashgan "Zomin" MFY ishtirokchisi Mamadiyev Azizbek faol ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM