18 may - Xalqaro muzeylar kuni

Juda ko'plab davlatlarda 18-may kuni Xalqaro muzeylar kuni sifatida nishonlanadi. Uni nishonlash to‘g‘risidagi qaror 1977-yilda Xalqaro muzeylar kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan.
Shu munosabat bilan bugun, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi tomonidan shahrimizdagi Tarixiy o‘lkashunoslik muzeyiga  o‘quvchilarning sayohati tashkil qilindi.

Sayohat davomida o‘quvchilar muzeydagi mavjud barcha bo‘limlardagi tarixiy eksponatlar bilan tanishdilar. Kattaqo‘rg‘on shahrining boy tarixiy yodgorliklari ayniqsa, yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga  batafsil javob oldilar.
Muzeyga sayohat mazmunli va qiziqarli bo‘ldi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.                                             

2015-2024 © Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM